Nega Discovery bosqichi kerak
Ko'p jamoalar to'g'ridan-to'g'ri Delivery'ga o'tib ketadi — ya'ni "narsalarni to'g'ri qilish". Lekin bundan oldin Discovery turadi — "to'g'ri narsani qilish".
Discovery maqsadi
Silicon Valley Product Group'ning ta'kidlashicha, discovery'ning maqsadi — ishlab chiquvchilarga "buni qur" deb aytishdan oldin, bu harakat behuda ketmasligiga dalil to'plash. Discovery texnikalari foydalanuvchini chuqurroq tushunish va g'oyani sifat va son jihatidan tekshirish uchun ishlatiladi: svpg.com/discovery-vs-delivery
Natija
Discovery'siz Delivery — noaniq muammoga aniq yechim qurish degani. Natija ko'pincha bir xil: chiroyli, sifatli, lekin hech kimga kerak bo'lmagan funksiya — jamoaning haftalar davomidagi mehnati behuda ketadi.