← Barcha vakansiyalar
Nurfin
Moliyada halollik. Biznesda taraqqiyot.
Ish beruvchi kompaniya

Scrum Master Intern

Amaliyot
Islomiy moliya — yangi loyiha To'liq band, moslashuvchan rejim (asosan online) 3 nafar

Islomiy moliya sohasidagi yangi loyihamiz uchun Scrum Master Intern qidiryapmiz. Jamoa scrum jarayonlarini boshqarish va kundalik ish oqimini tartibga solish orqali loyihaning muvaffaqiyatli ishga tushishida bevosita ishtirok etasiz.

Asosiy vazifalar

  • Scrum eventlarini yuritish — daily standup, sprint planning, sprint review va retrospective
  • Jamoaning kundalik ishlarini ClickUp (task manager)da yuritish: vazifalarni yaratish, taqsimlash va bajarilishini kuzatish
  • Sprint backlog va rejalarni tartibda saqlash, muddatlar va progressni monitoring qilish
  • Jamoa a'zolari o'rtasida muloqotni yengillashtirish, to'siqlarni aniqlash va bartaraf etishga ko'maklashish

Kimni izlayapmiz

  • Agile/Scrum asoslaridan xabardor yoki o'rganishga qiziqqan
  • ClickUp yoki shunga o'xshash task management vositalari bilan ishlashga tayyor
  • Tartibli, mas'uliyatli va yaxshi kommunikatsiya ko'nikmalariga ega
  • Moliya/bank sohasiga qiziqish — ustunlik hisoblanadi

Ish sharoitlari

  • Sinov muddati — 1 oy
  • Sinov muddatidan muvaffaqiyatli o'tgach, performance'ga qarab oylik maosh belgilanadi
  • Eng muhimi — kuchli jamoa bilan ishlab, real loyihada qiymatli tajriba orttirasiz
  • O'zbekistondagi ilk islomiy neobank ochilishida qatnashish imkoniyati

Ushbu vakansiya bo'yicha suhbat va qaror shaxsan men — Bobur Zokirov tomonidan olib boriladi. Savollaringiz bo'lsa, yuqoridagi kontaktlar orqali murojaat qiling.